Qurʼoni Karim mustahkam nur, rahmat, hidoyat, mo‘minlarga shifo va najot manbaidir.
Ushbu kitobda arab tilini bilmaydigan, undan tahsil olishda qiynalayotgan ko‘pchilik yurtdoshlarimiz iltimosi, ayniqsa, keksa buva va buvilarimiz talablariga binoan Qurʼoni Karimdan baʼzi suralarni kirill alifbosida imkon qadar tajvid qoidalariga muvofiq holda berildi. Shuningdek, ayrim suralarning maʼno tarjimalari va fazilati bayon qilindi.
O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi Nazorati ostida.