Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima va tafsir ikki alifboda ham chop etilgan bo‘lib, yozilish uslubining tushunarli ekani bilan ko‘pchilikka manzur bo‘lgan.
📘 «Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri”
Qurʼoni Karimni o‘qish va o‘rganish barchamiz uchun farz amaldir. Shu bilan birgalikda Qurʼondagi oyatlarning maʼno va mazmunini anglashimiz ham ayni muddaodir.
Yurtimiz ulamolaridan Shayx Abdulaziz Mansur tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima va tafsir o‘ziga xos xususiyatlari bilan kitobxonlarga maʼnaviy va maʼrifiy boylik baxsh etadi degan umiddamiz.
Foydalanishiga qulaylik yaratish maqsadida tarjima va tafsirlar Qurʼoni Karimning arabcha matni bilan bir sahifada yonma-yon berildi.
Muallif: Shayx Abdulaziz Mansur
Sahifasi: 624 bet
Muqovasi: qattiq
Yili: 2020