Abu Usoma al-Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Qurʼonni tilovat qilinglar, chunki u Qiyomat kuni oʻqigan egasiga shafoatchi boʻlib keladi”, dedilar. (Imom Muslim rivoyati)
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men: "Yo Rasululloh, yana ziyoda qiling", dedim. Shunda u zot: "Sen Qur’on tilovatini o‘zinga lozim tutgin. Zero u sen uchun yerda nur va osmonda zaxira bo‘ladi", dedilar.