Uydagi zararkunanda hashoratlardan saqlanishning eng samarali vositalaridan bo‘lgan ushbu qurilma, so‘nggi texnologiyalar asosida tayyorlangan. Zararkunandalarni yo‘q qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar inson salomatligiga ziyon yetkazishi mumkin. Anti pashsha turli kemiruvchilar, zararkunanda hashorotlar bilan samarali kurashuvchi vosita sanalib, xavfli zararkunandalarga tez taʼsir qiluvchi maxsus yuqori ultratovush to‘lqinlarni chiqarib, zararkundalarni o‘z uylarini tark etishlariga majbur qiladi. Shuningdek, insonlar va uy hayvonlari uchun mutlaqo xavfsizdir.
Ushbu qurilmadan foydalanish uchun bir necha ko‘rsatmalar mavjud bo‘lib ulardan eng asosiylari:
mahsulot quvvat manbaiga vertikal ravishda ulanishi va poldan 80 dan 120
sm gacha bo‘lgan masofada saqlanishi, shuning bilan birga parda va gilamlar ovoz yutuvchi materiallar sanalgani tufayli ularning yoniga ushbu qurilmani o‘rnatishdan saqlanish lozim.
Ushbu vositadan foydalana boshlangandan so‘ng sichqonlar va
zararkunandalarning harakatini ko‘payganini sezish mumkin,
ultratovush tarqatilgandan boshlab ular o‘z uyalarini tark eta boshlaydilar.
Mahsulot to‘g‘ridan-to‘g‘ri AC220V (yoki 110V) quvvat manbaiga ulanishi mumkin.
Mahsulotning eʼtiborli tomoni shundaki, u namlikka chidamli, ammo suv o‘tkazmaydigan mahsulot
sanalmaydi.
Mahsulotni korroziv suyuqlik yoki nam mato bilan tozalash tavsiya etilmaydi. Mahsulotni
tozalash uchun faqat yumshoq va quruq matodan foydalanish maqsadga muofiq bo‘lib, mahsulot 0-40 daraja Selsiy harorat oralig‘ida ishlatilishi kerak.
Xavfli zararkunandalar bilan zararlangan katta maydonga ega bo‘lgan joylarda mahsulotning
qo‘shimcha birliklari talab qilinadi.